15:59 / 22.11.2016
6484

Mourino yana Vengerga tanqid yog‘dirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 12-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan o‘yin bo‘yicha fikr bildira turib, londonliklar jamoasi bosh murabbiyi Arsen Vengerni tanqid ostiga oldi.

O‘tgan uikendda o‘tkazilgan bu o‘yinning oxirgi daqiqasida o‘tkazib yuborilgan gol tufayli g‘alaba boy berilib, 1:1 hisobi qayd etilgandi.

«Arsenal» bosh murabbiyi 14 yildan beri chempion bo‘la olmagan. Men oxirgi chempionligimni 18 oy oldin nishonlaganman. U chempion bo‘ladigan jamoani 14 yilda ham qura olmagan.

Bu jamoaga kelganimga 4 oy bo‘ldi. Faqat mendan emas, boshqalardan ham natija talab qilish kerak. Balki bu oldingi klublarimda kelganim zahotiyoq sovrinlarni yutib olganim bilan bog‘liqdir.

Hozir boshqacharoq vaziyat. Premer-liga juda murakkab turnir, bu yerda ajoyib jamoalar, murabbiylar, futbolchilar bor.

Ayni paytda «Manchester Yunayted»ga barqarorlik kerak. Ammo matbuot buni tushunishni istamayapti», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan The Independent.

Top