Bugun, 22 noyabr kuni Oliy liganing so‘nggi, 30-turi doirasida 5ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinlar Oliy ligani tark etgan va o‘tish bahsida ishtirok etadigan jamoalar nomini aniqlab berdi.
«Andijon» o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi. Jamoa o‘z o‘yinida kerakli hisobda g‘alaba qozonish bilan birga, Oliy ligada qolish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Toshkentning «Obod» va «Paxtakor» jamoalari uchrashuvi natijasini kutishi kerak edi.
Toshkent jamoalari bahsida 1:1 hisobi qayd etildi va bu natija andijonliklarni qoniqtirar edi. Ja'far Irismetov shogirdlari 24 ochko bilan 14-o‘rinni band etishdi.
Andijonliklar jamoasiga 2:0 hisobidagi g‘alaba kerak edi. «Andijon» o‘yinning 30-daqiqasida Ro‘zimboy Ahmedovning zarbasi evaziga bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo qolgan daqiqalarda «Navbahor» o‘z darvozasidan boshqa gol o‘tkazmadi.
Natijada «Andijon» 16-o‘rinni egallagan holda Oliy ligani tark etadigan bo‘ldi. «Navbahor» esa Oliy ligada qolish uchun Namangan viloyatining boshqa bir jamoasi, quyi ligada ikkinchi o‘rinni egallagan «Norin» bilan o‘tish bahsida ishtirok etadi. Bu o‘yin 28 noyabr kuni Toshkentdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi.
30-turning qolgan bellashuvlari 23 noyabr kuniga belgilangan.
Oliy liga, 30-tur
14:00. Paxtakor - Obod - 1:1
Gollar: Jamshid Iskandarov (42) —Pavel Solomin (22)
«Paxtakor»: Ergashev, Andreyev (s), Kozak, Oraxovats, Boltaboyev, Ismatullayev, Sohibov, Nurullayev, Iskanderov, Masharipov, Sidorov
«Obod»: Hamroyev, Husinov, G‘iyosov, Umirov, Solomin, Qosimov, Qahhorov, G‘ofurov (s), Mirahmadov, Rixsiboyev, Sobirxo‘jayev.
Qo‘qon-1912 - Olmaliq - 2:1
Gollar: Suhrob Berdiyev (39), Jahongir Siddiqov (52) — Temur Usmonov (20)
«Qo‘qon-1912»: 13. Aziz Ashurov, 5. Jalil Kimsanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 26. Oybek Rustamov, 55. Darko Gojkovich, 70. Sobir Hamidov, 75. Ibrohim Rahimov, 83. Nikola Valentich, 90. Suhrob Berdiyev, 99. Javohir Siddiqov.
«Olmaliq»: 16. Umid Xonimqulov, 3. Saidkomil Akbarov, 4. Abduqahhor Xojiakbarov, 6. Rahmatillo Berdimurodov, 13. Otabek Valijonov, 14. Doniyor Ismoilov, 17. Muhammad Isayev, 23. Timur Usmonov, 33. Oybek Nurboyev, 94. Xurshid Muxtorov, 99. Shohnazar Norbekov.


















