Parijda ikki qatarlik qiz 5 mln dollarga tunab ketildi
Parij shimolida ikki qatarlik qizdan 5,3 mln dollardan ko‘proq qiymatdagi zebu-ziynat va shaxsiy buyumlar o‘g‘irlab ketildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Shahar prokurorining bosh kotibi Flaven Fukening aytishicha, qizlar Burjye aeroportidan Sharl de Goll nomidagi aeroportga ketishayotganda niqobli ikki noma'lum kimsa ularning avtomobilini yo‘lini to‘sgan.
Ma'lum qilinishicha, jinoyatchilar qizlarni avtomobilni to‘xtatishga majbur qilib, avtomobil ichiga ko‘zni achishtiruvchi gaz sepib, qizlardagi barcha qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketishgan.
Parijda yaqinda shunga o‘xshash o‘g‘irliklar sodir etilgandi. Bundan avvalroq tayvanlik tadbirkor ayol tunab ketilgan. Bu voqeadan bir kun avval esa amerikalik yulduz Kim Kardashyan o‘zi to‘xtagan mehmonxonada 5 nafar jinoyatchi tomondan tunab ketilgandi.
Mavzuga oid
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024
Parijdagi Notr-Dam soboriga kirish pulli bo‘ladi
21:27 / 25.09.2024
Toshkentdan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi
09:30 / 09.09.2024