01:23 / 22.11.2016
11736

Toshkent tumanlarida uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha dispetcherlik xizmatlari tashkil etildi

Foto: O‘zA

Toshkent tumanlarida uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kechayu-kunduz ishlaydigan dispetcherlik xizmatlari tashkil etildi. 

1055 dispetcherlik xizmati aholining qish-qirovli kunlarda issiqlik , tabiiy gaz, elektr ta'minoti, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari, chordoqlar, tom ustidagi barcha muammolar  va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq  boshqa  masalalar bo‘yicha murojaatlarni uzluksiz tun-u kun davomida qabul qilishi va bu muammolarni tezkorlik bilan  bartaraf etishini ma'lum qiladi.

Shu bilan birga, to‘rt raqamli dispetcherlik xizmatlari har bir tumanda ham tashkil etilgan bo‘lib, ular quyidagi raqamlar orqali aholini qiynayotgan barcha muammolarga zudlik bilan yechim topish ustida ish olib boradi:

Bektemir tumani                    - 1068

Mirobod tumani                     - 1079

Mirzo Ulug‘bek tumani            -  1075

Olmazor tumani                      - 1070

Sergeli tumani                       - 1071

Uchtepa tumani                         - 1073

Chilonzor tumani                     - 1056

Shayxontohur tumani              - 1077

Yunusobod tumani                    - 1078

Yakkasaroy tumani                   - 1074

Yashnobod tumani                      - 1076

Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, ushbu dispetcherlik xizmatiga qilingan har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.  Bir so‘z bilan aytganda, Sizning 1055 dispetcherlik xizmatiga qilgan har bir murojaatingiz ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi ta'minlanadi.

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati

Mavzuga oid
Top