Tramp: AQSh Transtinch okeani hamkorligidan chiqadi

Foto: © AP
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishganidan so‘ng, mamlakatni Transtinch okeani hamkorligi tarkibidan olib chiqish niyatida ekanini tasdiqladi.
"Men mamlakatimiz uchun ulkan halokat bo‘luvchi Transtinch okeani hamkorligidan chiqish haqida ogohlantirish e'lon qilmoqchiman. Buning o‘rniga biz adolatli ikki tomonlama savdo bitimlari bo‘yicha muzokaralar olib boramiz. Bu esa Amerikaga ish o‘rinlari va ishlab chiqarishni qaytaradi", — degan Tramp videomurojaatida.
Donald Tramp ushbu tashkilotdan chiqish g‘oyasini saylovoldi kampaniyasida ham faol ilgari surgan edi.
Mavzuga oid

09:32
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

21:34 / 08.05.2025
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda

19:54 / 08.05.2025