21:11 / 22.11.2016
5403

O‘zbekiston vakillari ushu-taolu bo‘yicha jahon kubogida zafar quchdilar

Foto: Federatsiya ushu Uzbekistana

15-20 noyabr Xitoyning Fuchjou shahrida ushu-taolu bo‘yicha birinchi jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston ushu federatsiyasi ma'lum qilgan.

O‘zbekiston vakillari Maqsudbek Baxodirov va Nodir Hasanov "duylyan" yo‘nalishida juft bo‘lib ishtirok etib, 9,51 ball bilan musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Bu yo‘nalishda 1-o‘rinni Xitoy (9,71), 2-o‘rinni Ukraina (9,52) vakillari egallaganlar. 

Musobaqada taoluning har bir yo‘nalishida 8 ta eng kuchli sportchi ishtirok etgan. Ular Jakartada (Indoneziya) o‘tgan kattalar orasida ushu bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempionati yakunlariga ko‘ra jahon kubogiga saralab olinganlar. 

Ma'lumot uchun, ushu-taolu ushu mashqlari majmuasi bo‘lib, yakka tartibda xayoliy raqib bilan jang qilayotgandek mashqlar bajariladi. Sportchilar ushuning turli uslublari harakatlariga akrobatik elementlar qo‘shgan holda mashqlar majmuasini bajarish bo‘yicha musobaqalashadilar. Bunda harakatlar murakkabligi, aniqligi va ularning sahnalashtirilganligi baholanadi.

 

Top