O‘zbekistonda yana 4ta erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Foto: nuz.uz
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan yangi qarorga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinadi. Davlat rahbarining bu haqdagi farmoni loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan.
Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishdan asosiy maqsad — viloyatlarda mineral-xom ashyo resurslari va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalar yaratish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishga qulay sharoitlarni yuzaga keltirishga, shuningdek, ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks tarzda va samarali foydalanish hisoblanadi.
Ushbu sarmoyalar yordamida, yangi erkin iqtisodiy zonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga, saqlash va qadoqlashga ixtisoslashgan sexlar, to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, poyabzal ishlab chiqaruvchi fabrikalar, farmatsevtika, oziq-ovqat, qurilish materiallari va avtomobil sanoati korxonalari tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ushbu zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va keyinchalik uzaytirilishi mumkin, bu vaqt davomida bu yerda alohida soliq va bojxona imtiyozlari amal qiladi.
EIZlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqa davlat soliqlaridan ozod etiladi. EIZlar hududida alohida bojxona postlari va logistika markazlari ham tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.
To‘rt viloyat hokimligi bir oy muddat ichida yangi EIZlar uchun kerakli yer maydoni ajratishi kerak. Shuningdek Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Moliya vazirliklari hamda Soliq va Bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda EIZlarda amal qiladigan maxsus imtiyozli tartibni ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 3ta erkin iqtisodiy zona — «Navoiy», «Jizzax» va «Angren» faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

10:36 / 15.03.2025
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi

16:57 / 10.03.2025