Şu yilning 18 noyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovoldi kampaniyasi doirasida ÖzLiDep partiyasidan nomzod Şavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati saylovçilari bilan muloqot ötkazgan edi. 

Nomzod videokonferensiya şaklida bölib ötgan uçraşuvda öz dasturi haqida ma'ruza qilib, Prezident sifatida saylansa nimalarga e'tibor berişi haqida ğoyalarini ilgari surdi. 

ÖzLiDep nomzodi “Moziyga qaytib iş köriş xayrlik” naqliga amal qilgan holda, sobiq Ittifoq tuzumida Özbekistonda köpçilik olimu-fuzalolar, yurtning eng sara farzandlari, davlat arboblariga nisbatan garçi ular özlari yaşagan tuzumga xizmat qilgan bölsa-da, ularga nisbatan adolatsizlik qilingani haqida kuyunçaklik bilan söz yuritdi. 

Xususan, şunday tarixiy şaxslardan biri Şarof Raşidov bölib, u öz xalqiga va sobiq tuzumga sadoqat bilan xizmat qilganiga qaramay, vafot etganidan söng, uning qabri köçirilgani, xotirasi behurmat qilingani, oila a'zolari tahqirlanganini ta'kidladi. 

Prezidentlikka nomzod, öz ma'ruzasida, Özbekistonning birinçi Prezidenti Islom Karimov sa'y-harakatlari bilan, yozuvçi va davlat arbobi Şarof Raşidov nomi oqlanganini qayd etib, kelgusi yilda Şarof Raşidovning tavalludiga yuz yil tölişini xotirladi. 

Şu munosabat bilan, nomzodning taklif qilişiça, özbek xalqining fidoyi farzandi Şarof Raşidov tavalludini butun mamlakat böylab keng miqyosda nişonlaş, özi tuğilib ösgan Jizzax tumaniga uning nomini beriş va yodgorlik majmuasi barpo etiş maqsadga muvofiq bölar edi.