14:16 / 23.11.2016
5532

YeChL anonsi. Barcha savollar ochiq turgan guruh

Tribuna.Uz Yevropa chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘yicha anonslar berishni davom ettiradi. 

Hali hech bir masalaga oydinlik kiritilmagan V guruhida barcha to‘rtta jamoada imkoniyat saqlanib qolmoqda. Hattoki bir ochko bilan so‘nggi o‘rinda borayotgan «Dinamo Kiyev»da ham nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib turibdi. Haqiqiy kurash uchta jamoa o‘rtasida kechmoqda.

Turnir jadvali. 5 turdan keyin kvartetda «Napoli» 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zaro o‘yinlardagi natija tufayli neapolliklar «Benfika»dan oldinda turishibdi. «Beshiktosh» esa birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan holda 6 ochko bilan peshqadamlarni izma-iz ta'qib qilishda davom etmoqda. Ushbu turdagi g‘alaba «Napoli»ni pley-offga olib chiqishi mumkin. Juda kam bo‘lsada imkoniyatga ega bo‘lgan «Dinamo» Kiyev esa imkoniyatni saqlab qolishi uchun Neapolda ikki to‘p farqi bilan (yoki 3:2, 4:3 hisobidagi ko‘proq to‘p kiritilgan bitta to‘p farqi bilan) g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi.

Napoli – Dinamo Kiyev (00:45, Match! Futbol 2)
O‘yin oldidan. 
Sharqiy Yevropaning eng sovrindor jamoasi bu yevromavsumni juda omadsiz o‘tkazmoqda. Jamoa «Benfika»ga qarshi so‘nggi ikki o‘yinda ham g‘alaba uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Penalti aniq amalga oshrilmadi. Vaziyatlar ko‘kka sovurildi va natijada guruh bosqichi tugashiga ikki turga qolganda juda og‘ir vaziyatda qoldi. «Napoli»ning so‘nggi ikki o‘yini haqida ham shu fikrni bildirish mumkin. Dastlabki ikkita turda yuz foizlik natija qayd qilgan italiyaliklar «Beshiktosh»ga qarshi uchrashuvlarda  bor-yo‘g‘i bir ochko jamg‘ardi.

Yo‘qotishlar haqida gap ketganda «Napoli» Arkadiush Milikdan uzoq muddatga ajralganini yana bir bor eslab o‘tib ketish joiz. Qolgan chiziqlarda sezilarli muammo ko‘zga tashlanmaydi.

Taxminiy tarkiblar
Napoli: 
Reyna, Kulibali, Kirikesh, G‘ulom, Xyusay, Jorjino, Allan, Hamshik, Kalexon, Mertens, Insine.
Dinamo Kiyev: Rudko, Xacheridi, Ochigava, Vida, Ribalka, Makarenko, Sidorchuk, Garmash, Yarmolenko, Tsigankov, Besedin.

Imkoniyatlar. Bukmekerlar fikricha yaqqol favorit «Napoli».  Maurisio Sarri jamoasi g‘alabasi uchun 1.45-1.50 koeffitsiyentda stavkalar qabul qilinmoqda. Mehmonlarning g‘alabasi uchun 8.10-8.20 o‘rtacha koeffitsiyentni uchratish mumkin.

Beshiktosh – Benfika (22:45, Match! Futbol 2)
«Napoli»ga qarshi uchrashuvlarda qo‘lga kiritilgan 4 ochko Rikardo Kuarejma jamoadoshlari uchun juda qo‘l keldi. «Benfika» bilan Istanbuldagi uchrashuvda jamoa muvaffaqiyatli yurishini davom ettirsa pley-off yo‘llanmasi uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi.

O‘yindan oldin. Ikkala jamoa ham YeChLdagi so‘nggi ikki uchrashuvdagi muvaffaqiyatli ishtirok tufayli pley-off yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. «Benfika» kiyevliklarga qarshi uchrashuvlarda, «Beshiktosh» esa «Napoli» bilan o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan kerakli ochkolari evaziga imkoniyatlarini yaxshilab oldi. Ikkala jamoaning birinchi Lissabonda kechgan uchrashuvida durang qayd etilgandi. Turkiyadagi uchrashuv ko‘p masalalarga oydinlik kiritib berishi kutilmoqda
Taxminiy tarkiblar
Beshiktosh: 
Fabrisio, Bek, Marselo, Luis Rodolfo, To‘sun, Inler, Xatchinson, Kuarejma, Arslan, Adriano, Abubakar.
Benfika: Ederson, Nelson Semedu, Luizao, Lindelef, Grimaldo, Pitstsi, Feysa, Salvio, Gonsalu Gedesh, Servi, Mitroglu.

Imkoniyatlar. «Beshiktosh»ning mehmondagi durangi ham bukmekerlarni jamoaga ishonch bildirishiga sabab bo‘lmayapti. Koeffitsiyentlarga e'tibor beradigan bo‘lsak, «Benfika»ga kichik bo‘lsada ustunlik berilmoqda — 2.65-2.70. «Beshiktosh» uchun berilgan stavkalar o‘rtacha 2.80-2.90 koeffitsiyentda baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top