20:47 / 23.11.2016
7472

Eronlik oyatullo Musaviy Ardabiliy 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Foto: TASS.

Tehronda oyatullo Abdulkarim Musaviy Ardabiliy 90 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda Eron televideniyesi. 

Ardabiliy so‘nggi bir necha kun davomida Tehron shifoxonalaridan birida komada bo‘lgani xabar qilinmoqda. U og‘ir yurak xurujidan so‘ng, klinikaga yotqizilgan. 

U zamonaviy Eron asoschisi Ruhullo Musaviy Xomeyniyning yaqin safdoshi edi. 1979 yildagi Eron inqilobidan so‘ng, yuqori davlat lavozimlarini egallagan. 1981-1989 yillarda Eron sud tizimiga rahbarlik qilgan. 

 

Mavzuga oid
Top