Jahon | 22:17 / 23.11.2016
7815
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzod nomini ma'lum qildi

Foto: © Mandel Ngan/AFP/Getty Images

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolina gubernatori Nikki Xeyliga AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimini taklif qilmoqchiligini ma'lum qilgan.

Xeyli nomzodini AQSh senati tasdiqlashi kerak.

Xeyli (tug‘ilgandagi ismi-sharifi Nimrata Randxava) hindistonlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Janubiy Karolina xayriya va jamoatchilik tashkilotlari ishida faol ishtirok etgan. U hozir 44 yoshda bo‘lib, AQShning eng yosh gubernatori hisoblanadi. U bu lavozimni 2011 yildan beri egallab keladi va shtatga gubernator bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi.

Xeyli 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida avval Florida senatori Marko Rubio, keyin esa Texas senatori Ted Kruz nomzodini qo‘llab-quvvatlagandi.

Mavzuga oid