O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Skrinshot: Minjust.uz
Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologoiyalarini jadal sur'atlarda joriy etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda har bir sohaga interfaol elektron xizmat turlarini tatbiq etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda aholi, xususan, kichik biznes vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini qabul qilish maqsadida vazirlik va idoralar tizimida “ishonch telefon”lari yo‘lga qo‘yildi. Bu ham aholi, shu jumladan, kichik biznes vakillarining murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, davlatimiz tomonidan inson huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan alohida e'tibor samarasida inson, uning sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi.
Murojaat etish huquqi shaxsning eng muhim huquqlaridan bo‘lib, u inson huquqlari ta'minlanishi va samarali himoya qilinishining asosiy omillaridan biridir. Shu bois, milliy qonunchiligimizda murojaatlar masalasiga alohida o‘rin berilgan.
Mamlakatimiz Bosh Qonunida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalarga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi kafolatlangan.
2014 yildan kuchga kirgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni jismoniy shaxslarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirdi. Shuningdek, ushbu Qonun bilan yuridik shaxslarning ham murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solindi.
E'tiborlisi, Qonunda zamon talablaridan kelib chiqib, elektron shaklda murojaat qilish huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tegishli idora yoki mansabdor shaxslarga murojaat qilishi mumkin.
Bugungi kunda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali nafaqat ma'muriy binolar, balki davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida ham e'lon qilinayotir. Bu yurtdoshlarimizga yaratilayotgan katta qulaylik bo‘lib, vaqt va mablag‘ni tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Mana shu amaliy ishlarning mantiqiy davomi sifatida murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish uchun 2016 yil 27 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va, albatta, bu boradagi sa'y-harakatlar davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifaga aylantirildi.
Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini tubdan isloh qilish, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Murojaatlar bilan ishlashning sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish maqsadida vazirlikning rasmiy veb-saytida adliya vazirining virtual qabulxonasi ishga tushirildi.
Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun adliya vazirligi faoliyatiga oid murojaatlarni tezkor, qulay va zamonaviy elektron vositalari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri virtual qabulxona orqali yo‘llash imkoni yaratildi.
Adliya vazirligi
Axborot xizmati
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

10:26 / 20.04.2021
Atrof-muhitni eng ko‘p ifloslantiruvchi saytlar reytingi e'lon qilindi

22:07 / 22.04.2019
Qozog‘iston prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushirildi

17:21 / 08.12.2018
Davletov: Iqtisodiy sohadagi eng katta muammolar - yer va bank resurslarini ajratish

22:16 / 26.11.2018