20:40 / 24.11.2016
7774

Yangi Airbus A350-1000 samolyoti ilk marotaba havoga ko‘tarildi

Foto: Reuters

Fransiyaning Tuluza shahridagi aerodromdan 24 noyabrda A350 samolyotining eng yirik varianti hisoblanadigan ikki motorli A350-1000 samolyoti ilk marotaba havoga ko‘tarildi. Samolyot foydalanishda bo‘lgan A350-900’ga nisbatan 7 metrga uzunroq va 40 nafar yo‘lovchi ko‘proq sig‘dira oladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Samolyot ertalab 3 soatlik ilk parvoziga jo‘nadi. Parvozni 356 mln dollar turadigan ushbu samolyotning yaratilishiga sarmoya qiritgan aviakompaniyalar rahbarlari kuzatib bordilar.

Parvoz qilgan samolyot qishda jadal sinovdan o‘tkaziladigan uchta shunday samolyotdan biridir. Airbus samolyotlar 2017 yilning 2-yarmida ekspluatatsiyaga kiritilishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Airbus ijrochi direktori Fabris Brejye ma'lum qildi. Bu samolyotda parvozlarni amalga oshiradigan ilk aviakompaniya Qatar Airways bo‘ladi.

A350-1000 fyuzelyaji yengil uglerod toladan yasalgan. Samolyotning maksimal uchish uzoqligi 14800 km ni tashkil qiladi.  

Ma'lum qilinishicha, samolyot bunday avialaynerlar segmentida AQShning Boeing kompaniyasi monopoliyasiga chek qo‘yish maqsadida yaratilgan. Yangi samolyot o‘z ichiga 366 kishini sig‘dira oladi, bu esa Boeing 747 samolyotining oxirgi modeli o‘ziga sig‘dira oladigan yo‘lovchilar sonidan 44 taga kamroqni tashkil qiladi. Biroq  A350-1000 yonilg‘ini tejash nuqtai nazaridan yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega.

Mavzuga oid
Top