08:39 / 24.11.2016
18398

Chempionlar ligasi 1/8 finalining 12 jamoasi nomi ma'lum bo‘ldi

UYeFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi beshinchi tur o‘yinlaridan keyin musobaqaning 1/8 finalida ishtirok etishni o‘ziga kafolatlagan 12 jamoaning nomi ma'lum bo‘ldi. Pley-off bosqichining yana to‘rtta yo‘llanmasi oltinchi turda oydinlashadi. 

Shunday qilib, «Atletiko», «Barselona», «Real» (Ispaniya), «Arsenal», «Manchester Siti», «Lester Siti» (Angliya), «Bavariya», «Borussiya» (Dortmund), «Bayyer» (Germaniya), «Monako», «PSJ» (Fransiya), «Yuventus» (Italiya) jamoalari pley-off bosqichida to‘p suradi.

Mavzuga oid
Top