YeI parlamenti Turkiyaning tashkilotga a'zoligini vaqtinchalik muzlatish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Foto: AFP
Yevropa parlamenti 24 noyabr, payshanba kuni Strasburgda Turkiyaning blokdagi a'zoligini vaqtinchalik muzlatishga doir tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Yevroparlament a'zolari mazkur masala yuzasidan joriy muzokaralarning barchasi muzlatilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi. Ovoz berishning bunday yakunlari Anqara va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishiga turk hukumatining mamlakatda iyul oyida bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntaruv harakatiga nisbatan "nomunosib" reaksiyasi sabab bo‘lgan.
Turkiya va Yevropa munosabatlari ko‘p masalalar bo‘yicha boshi berk ko‘chaga kirib qolgandi. YeIning Turkiya fuqarolariga viza rejimini erkinlashtirishdan bosh tortgani, shuningdek uning Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakati va u yerdagi terrorchi tashkilotlarga loqayd munosabatda bo‘lganligi shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya YeIga a'zo bo‘lishga doir muzokaralarini 2005 yilda boshlagan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

09:54
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

18:35 / 02.06.2025
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tdi

15:36 / 02.06.2025