10:45 / 24.11.2016
4857

Klopp hozirgi muvaffaqiyatlarni nishonlaydigan futbolchilarini jazolamoqchi

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp klubning hozirgi muvaffaqiyatlaridan eyforiyaga berilib, yutuqlarni nishonlaydigan futbolchilarni ayovsiz jazolashi haqida ma'lum qildi.

«Agar noyabr oyi yakuniga ko‘ra ligadagi 1-o‘rinni nishonlaydigan futbolchi topilsa, u dekabrda o‘ynamaydi. Bunday voqealarni kuzatib boraman va darhol chora ko‘raman.

Bunaqasi kuzatilmasa kerak. Biz hozir yuqorida bormoqdamiz, futbolchilarim kuchli xarakterga ega. Yakunda ham yuqori o‘rinlarda qolishimiz uchun hali uzoq yo‘l bosishimiz kerak.

Hozir muvaffaqiyatga erishib turibmiz, ammo buni hozirdan nishonlab boshlasangiz, professionalllikni yo‘qotasiz. Bu holda sizda muammolar paydo bo‘ladi», deya Kloppning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

APLning 12-turidan so‘ng «Liverpul» peshqadam «Chelsi»dan 1 ochko ortda qolgan holda, 2-o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
Top