O‘zbekiston | 19:48 / 24.11.2016
13006
2 daqiqa o‘qiladi

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirishni soddalashtirdi

22 noyabrda Tailand vazirlar mahkamasi 19 ta davlat, jumladan O‘zbekistondan keluvchi sayyohlar uchun viza yig‘imidan voz kechish va Tailandga kelgach olinadigan viza to‘lovini ikki marotaba kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda review.uz sayti xabar bermoqda

"Thailand Business News" resursining ma'lum qilishicha, 2016 yil 1 dekabridan 2017 yil 28 fevraligacha Tailandning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ming bat miqdorida undiriladigan viza yig‘imi 19 ta davlat fuqarolari uchun bekor qilinadi. 

Bu davlatlar quyidagilar: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Andorra, Bolgariya, Butan, Hindiston, Xitoy, Kipr, Latviya, Litva, Maldiv, Malta, Mavrikiy, Ruminiya, San-Marino, Efiopiya, Saudiya Arabistoni va Tayvan.

Taxmin qilinishicha, bu yangi qoida Tailandga keluvchi sayyohlar sonini 357 ming kishiga ko‘paytiradi va mamlakat g‘aznasiga qo‘shimcha 28 mlrd bat keltiradi. Bu qoida shuningdek 62 mingta vaqtinchalik ish o‘rinlari yaratishga imkon beradi va soliq tushumlarini 1,2 mlrd batga oshiradi.

 

Mavzuga oid