Jamiyat | 23:45 / 25.11.2016
32279
2 daqiqa o‘qiladi

Aktyor Stiven Sigal Putindan orzu qilgan narsasini oldi

Foto: © RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik aktyor Stiven Sigalga Rossiya pasportini o‘z qo‘llari bilan topshirdi. Putin aktyorga nisbatan ko‘rsatilgan "bu kichik e'tibor" davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga imkon berishini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Men sizni tabriklayman va bu kichik bo‘lsa-da e'tibor bizning davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishining alomati bo‘lishi mumkinligiga umid bildiraman", deb aytgan Putin.

Putin aktyorga pasportning taqdim qilinishi "mutlaq siyosatga aloqasi yo‘q bo‘lgan" qadam ekanligini aytgan. Putinning fikricha, Rossiya pasporti aktyorga rossiyalik do‘stlari bilan muloqot qilishini yengillashtiradi va uning professional rejalarini amalga oshirishida yordam beradi. Sigal shu munosabat bilan aytgan nutqida Kremlda shaxsan Putin bilan uchrashish u uchun katta sharaf ekanligini aytgan.

Putin Sigalning iltimosiga ko‘ra aktyorga berilgan Rossiya pasportining birinchi betiga o‘z dastxatini qo‘yib berdi. Sigal esa unga ruschada "Katta rahmat" deya minnatdorchilik bildirgan.
Sigal Rossiya pasportini olmoqchi ekanligini 2016 yil sentabrda Rossiyada o‘tgan "Kray sveta" xalqaro kinofestivali vaqtida ma'lum qilgan. Bundan tashqari, Sigalning otasi tomonidan bobosi Rossiyada tug‘ilgan va 20-asrning birinchi yarmida AQShga migratsiya qilgan.  

Mavzuga oid