Yanukovichning so‘roq qilinishi boshqa kunga qoldirildi
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich so‘roq qilinishi kerak bo‘lgan Kiyevning Svyatoshin tuman sudi yig‘ilishi 28 noyabrga ko‘chirildi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.
Yanukovich 25 noyabrda so‘roq qilinishi kerak edi. Undan avval u sud yig‘ilishi uchun videoaloqada ishtirok etishga tayyorligini tasdiqlagandi.
Sud maslahatlashib, yig‘ilishni 28 noyabr Kiyev vaqti bilan soat 13:00ga qoldirishga qaror qilgan.
Sudya videoaloqani tashkillashtirgani uchun Rossiyaning Rostov viloyati sudiga minnatdorchilik bildirgan.
Shu kuni avvalroq sudya Maydanda odamlarni o‘qqa tutish ishi bo‘yicha ayblanayotganlarni sud yig‘ilishiga olib kelishning iloji bo‘lmayotgani sababli yig‘ilishda tanaffus e'lon qilgandi. Jinoiy ish bo‘yicha o‘tayotganlar – "Berkut" maxsus bo‘linmasining sobiq jangchilarini ular saqlanayotgan tergov izolyatori "O‘ng sektor" jangarilari tomonidan to‘sib qo‘yilgani sababli sudga keltira olishmagan.
Kiyevda sud yig‘ilishi bilan bog‘liq holda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, sud binosini 130 politsiyachi qo‘riqlagan.
5 nafar sobiq "berkutchilar" 2014 yil 20 fevralda Kiyevdagi Institut ko‘chasida sodir etilgan 48 namoyishchining qotilligida ayblanmoqdalar.
Yanukovich Ukrainani 2010-2014 yillar davomida boshqargan. U mamlakatni 2014 yil fevralida ommaviy norozilik namoyishlari bilan kechgan hokimiyat o‘zgarishidan keyin tark etgan.
Mavzuga oid
09:00 / 21.12.2023
YeI sudi Yanukovichga nisbatan korrupsiya uchun joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi
11:25 / 18.11.2023
Zelenskiy: Moskvada «Maydan-3» rejasi ishlab chiqilayotgan bo‘lishi mumkin
09:03 / 11.03.2023
Ukraina Bosh prokuraturasi Yanukovichga yangi ayblovlar qo‘ydi
10:27 / 16.02.2023