09:29 / 25.11.2016
3354

Xitoydagi zavodda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 12 kishiga yetdi

Xitoyning Anxoy provinsiyasidagi zavodda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 12 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy hukumat ma'lumotiga asoslanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, portlash 8 noyabr kuni Tanshu shahridagi sanoat parkida joylashgan zavodda bo‘lgan edi. Voqea paytida u yerda 15 kishi ishlayotgan edi. Avvalroq bir nafar ishchi halok bo‘lgani, 11 nafari esa bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.

Mahalliy hukumatning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlarning barchasi halok bo‘lgan, ularning jasadlarini qutqaruvchilar topishgan.
Portlash sabablariga oydinlik kiritilmagan, surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Top