Fan-texnika | 20:28 / 25.11.2016
6856
2 daqiqa o‘qiladi

Internet tarmoqlaridan tez o‘chib ketishga imkon beruvchi yangi servis yo‘lga qo‘yildi

Shvetsiyalik dasturchilar Ville Dalbo va Linus Unnebek internetdagi akkauntlarni o‘chirishga yordam beruvchi servisni ishlab chiqdi. Deseat.me hozircha faqat Gmail pochtasi bo‘lgan foydalanuvchilarning sahifalari bilan ishlaydi. Hi-Tech nashri ushbu yangilik bilan bo‘lishdi. 

Akkauntlarni o‘chirishni yengillashtirish uchun Deseat.me sahifasini ochib, Gmail'dagi elektron pochta manzilidan foydalanib, servisga kirish lozim. Tizim boshqa servislardagi ushbu pochta manziliga biriktirilgan barcha akkauntlarni topadi.

Resurslar ro‘yxat tariqasida taqdim etiladi va siz keraksiz akkauntlarni belgilab, o‘chirib tashlaysiz. To‘g‘ri, hozircha yagona "sehrli tugma" yo‘q - tizim sahifalarga akkauntlarni o‘chirish buyrug‘ini beradi, qolganini esa qo‘lda amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. 

Hi-Tech bu borada shaxsiy tekshiruvini o‘tkazdi: servis haqiqatdan vaqtni tejaydi va siz anchadan beri foydalanmay qo‘ygan akkauntlaringiz haqida eslatib turadi.