Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqdagi AYoQShda sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi
Foto: © RIA
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Bag‘doddan 100 km uzoqlikda joylashgan Xilla shahridagi AYoQShda sodir etilgan terakt qurbonlari soni deyarli 100 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, qurbonlarning aksariyat qismi eronlik ziyoratchilar bo‘lgan. Terrorchi-xudkush AYoQShda minalashtirilgan avtomobilni portlatganda unda Iroqning Karbala shahridan Eronga qaytayotgan bir necha avtobus bo‘lgan.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID jangarilari o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
18:10 / 14.01.2026