10:35 / 25.11.2016
6593

Qozog‘istonda 2 marta zilzila ro‘y berdi

Qozog‘istonning Olmaota viloyati hududida 4,6 va 4,4 balli kuchlanishlar bilan 2 marta zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Qozog‘iston fan va ta'lim vazirligining tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi ma'lum qilgan.

4,6 balli birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 08.53da ro‘y bergan va uning epimarkazi Olmaota shahridan 276 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 20 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Soat 08.55da xuddi shu hududda 4,4 balli zilzila takrorlangan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Top