Toshkentda 1 milliard dollar evaziga biznes markazi quriladi

Foto: Meros.uz
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to‘liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan.
Shavkat Mirziyoyev shaharni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini, unda asosiy e'tibor yangi ish o‘rinlari yaratish hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilishini ma'lum qildi.
Xususan, 2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan «Toshkent Siti» biznes markazi qurilishi boshlanadi.
«Toshkent shahrining eski shahar qismidagi Zarqaynar mahallasi ko‘chalarida dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kabi, xususiy tadbirkorlarning faoliyati va milliy me'morchilik namunalari asosida “Eski Toshkent” nomli tarixiy-madaniy va dam olish markazini tashkil etamiz.
Bu, bir tomondan, shu hududda yashaydigan aholi uchun o‘z biznesini tashkil qilishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, chet ellik mehmonlar orasida bizning an'ana va urf-odatlarimizni targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Ushbu markazdagi obektlarning qurilishi xususiy tadbirkorlar tomonidan Milliy bankning imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda moliyalashtiriladi.
Shuningdek, 2017 yilda biz tadbirkorlar va tijorat banklarining jami 1 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘lari hisobiga “O‘qchi Olmazor” massivida umumiy maydoni 70 gektar bo‘lgan “Toshkent Siti” ishbilarmonlik hududini bosqichma-bosqich qurilishini boshlaymiz», degan Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

07:17 / 26.08.2024
Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

12:09 / 17.12.2018
Toshkentdagi «Zarqaynar» majmuasi 87,9 mlrd so‘mga sotilmoqda

16:17 / 28.11.2016