13:18 / 26.11.2016
7692

27 noyabr Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 noyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 12-10, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 15-10, kunduzi 7-2 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi kutiladi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi kuzatiladi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja, Surxondaryoda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushadi. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
 

Top