Fan-texnika | 23:24 / 26.11.2016
7313
1 daqiqa o‘qiladi

Havo sharidan antiqa robot yaratildi

Los-Anjyelesda joylashgan RoMeLa laboratoriyasi olimlari antiqa robot BALLU’ni loyihalashtirishdi. Bu robot oyoqlarga ega havo sharidan iborat, deb xabar bermoqda N+1.

Insonga o‘xshash robotlar katta vazni sababli oyoqda yaxshi tura olmaydi. Katta mashina ag‘darilsa, ishdan chiqishi mumkin. Boston Dynamics kompaniyasining robotlari barqarorligi bilan ancha farqlanadi, ularda 4 ta mexanik oyoq bor.

BALLU esa havo shariga mahkamlangan ikkita oyoqdan iborat. Robotning mexanik tovonida barcha elektronika va akkumulyator joylashtirilgan. Robot konstruksiyasi havodan og‘irroq va shu hisobiga muvozanatini ushlay oladi. Robot masofadan turib boshqariladi.

Oyoqlarga ega havo shari istalgan tomonga yura oladi, sakraydi va zinalardan ko‘tarila oladi. BALLU hattoki suv ustidan yura oladi va balandlikdan sakray oladi. Biroq robot konstruksiyasining yengilligi uni shamolda boshqarishga imkon bermaydi.

Mavzuga oid