Dunyo yetakchilari Fidel Kastroning o‘limi haqida

Fidel Kastro Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi rahbari lavozimida 40 yil (1976 yildan buyon) faoliyat yuritdi va 25 noyabr kuni 90 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Dunyo yetakchilari siyosiy maydonda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Kastroning o‘limi munosabati bilan uning yaqinlari va Kuba xalqiga hamdardlik bildirishmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi raisi Raul Kastroga telegramma yo‘llab, akasining o‘limi munosabati bilan Kuba xalqiga o‘z ta'ziyasini izhor etdi.
"Sizga va Kuba xalqiga Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning o‘limi munosabati bilan chuqur ta'ziyamni izhor qilaman. Ushbu taniqli davlat arbobi eng yangi jahon tarixida butun bir davr ramzi bo‘lib qoldi", - deyiladi telegramma matnida.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning rasmiy saytida ham davlat rahbarining Fidel Kastro o‘limi munosabati bilan Kuba xalqiga hamdardligi bayon etilgan ta'ziya maktubi e'lon qilindi.
"Fidel Kastro Qozog‘iston xalqi xotirasida ikki mamlakat aloqalarining mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shgan dono yetakchi, nufuzli siyosatchi va tarixiy shaxs sifatida muhrlanib qoladi", - deyiladi Qozog‘iston rahbarining Raul Kastroga yo‘llagan telegrammasi matnida.
Fransiya prezidenti Fransua Olland ham Kuba xalqiga hamdardlik bildirgan yetakchilar safiga qo‘shildi. Bu haqida Yelisey saroyining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
"U Kuba inqilobi timsoli edi. U Sovet Ittifoqining parchalanishiga olib kelgan"sovuq urush" davridagi davlat arbobi edi. U kubaliklarga xorijiy hukmronlikning rad etilishidan faxrlanish imkonini taqdim etdi, - deyiladi Ollandning maktubida. - Raul Kastro, uning oilasi va Kuba xalqiga o‘z hamdardligimni bildiraman".
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro butun dunyo inqilobchilari Fidel Kastroning merosini saqlab qolib, uning ishini davom ettirishlari kerakligini ta'kidladi.
Meksika yetakchisi Enrike Penya Neto "Fidel Kastro Meksikaning do‘sti bo‘lganligi hamda uning ikki tomonlama aloqalarni hurmat va hamjihatlikka asoslanib, yuritganligiga urg‘u berdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi inqilobchining o‘limini "fojia", deb atadi va Kastroni "XX asrning eng nufuzli shaxslaridan biri" ekanligini ta'kidladi.
O‘zbekiston hukumati hozircha Fidel Kastroning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirmadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

09:33 / 02.01.2019
Kuba inqilobning 60 yilligini nishonlamoqda

07:32 / 02.02.2018
Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning o‘g‘li o‘z joniga qasd qildi

23:45 / 27.03.2017
Fidel Kastroning singlisi hayotdan ko‘z yumdi

08:40 / 28.12.2016