11:06 / 26.11.2016
4319

Eronda poyezdlarning to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 44 nafarga yetdi

Foto: Reuters

Eron shimolida yo‘lovchi poyezdlarining to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 44 nafarga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

100dan ziyod yo‘lovchi jarohat olgan. Voqea Tehrondan 250 km masofada ro‘y bergan.
Poyezdlarning to‘qnashuvi natijasida to‘rtta vagon relsdan chiqib ketgan, yana ikkitasi yongan. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yaqin oradagi shifoxonaga olib borilgan.
 

Mavzuga oid
Top