Fransiyalik "o‘rgimchak odam" yana bir osmono‘par binoni zabt etdi
Hech qanday maxsus moslamalarsiz baland binolarni zabt etishi tufayli "o‘rgimchak odam" deb nom olgan taniqli fransiyalik alpinist Alen Rober Ispaniyaning Barselonasidagi Agbar osmono‘par binosini zabt etdi. Bu haqda El Periodico nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Roberga bu safar ham hech qanday ehtiyot vositalari kerak bo‘lmagan. Ma'lum qilinishicha, fransuz bu binoni 2006 va 2007 yillarda zabt etgan.
Agbar minorasi 38 qavatli bino bo‘lib, Kataloniya viloyatining eng baland binolaridan hisoblanadi. Uning balandligi 145 metrni tashkil qiladi.
54 yoshli Rober antiqa natijalari tufayli Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning hisobida butun dunyo bo‘ylab ko‘plab zabt etilgan baland imoratlar bor. Jumladan, fransuz Parijdagi Total binosi, Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, Moskva davlat universitetining bosh binosi, dunyodagi eng baland imorat – Dubaydagi "Burj-Xalifa" binosini zabt etgan.
Rober avvalroq jurnalistlar bilan suhbatda sevimli mashg‘uloti bilan 65-70 yoshigacha shug‘ullanish istagi borligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024
«Barsa» «Real»ni yakson etdi, Holandni to‘xtatib bo‘lmayapti. Kun o‘yinlari
12:39 / 24.10.2024
«Barsa» qasos oldi, Holanddan kosmik gol. YeChLda kun o‘yinlari
13:56 / 21.10.2024