19:23 / 26.11.2016
8061

Xitoy g‘arbida zilzila oqibatida ko‘plab uylar vayron bo‘ldi

Foto: © AP Photo/Xinhua, Guo Gang, arxiv

Xitoy g‘arbida yuz bergan 6,7 magnitudali zilzila Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Qizilsu-Qirg‘iz muxtor okrugidagi 100 uyning vayron bo‘lishi va 124 uyning shikastlanishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Mahalliy ma'muriyatlarning zilzila hududiga yuborilgan vakillarining xabar berishicha, Akto uyezdida yashaydigan 130 cho‘pon evakuatsiya qilingan. Fojia hududiga chodirlar, kiyim-kechak to‘plamlari va adyollar yuborilgan.

Zilzila 25 noyabrda Pekin vaqti bilan soat 22:24da yuz bergan. 5,0 magnitudali yangi zilzilalar 26 noyabrda mahalliy vaqt bilan  17:23da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 6 km chuqurlikda bo‘lgan.  

 

Top