Norvegiya Oliy sudi mamlakatga kelish huquqi uchun urinayotgan AQSh maxsus xizmati sobiq xodimi Edvard Snoudenning apellyatsiyasini rad etdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Mamlakat Oliy sudi quyi instansiyalardagi ikkita sud qarorini tasdiqlagan.
Oliy mahkama qaroriga ko‘ra, Norvegiya adliya vazirligi Snouden mamlakatga kelsa, uni Qo‘shma Shtatlarga topshirmaslik haqida qarorni mustaqil ravishda chiqara olmaydi.
Snouden norvegiyalik yozuvchi “Bernsterne Bernson” nomidagi mukofotni olish uchun Norvegiyaga taklif qilingan edi.









