10:30 / 26.11.2016
15012

 UZMOBILE – Toshkentdagi eng yaxshi aloqa sifati! 

UZMOBILE aloqa operatori mobil aloqa operatorlari tarmoqlarining asosiy texnik tavsiflari va ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatini, “DMTel” kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan mustaqil solishtirma baholash natijlariga binoan, ovoz va ma'lumot uzatish xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatdi. 



O‘lchovlar Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan bo‘lib, 2016 yilning 20 – 28 oktabr kunlari olib borildi. Joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkent shahrining «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida «DMTel» kompaniyasining “Zamonaviy aloqa tarmoqlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati nazorati: uslub, asbob va professional xizmatlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tib, unda mustaqil izlanishlar natijalari e'lon qilindi. 
O‘lchovlar natijasiga binoan, Toshkent shahrida GSM standarti tarmoqli operatorlari ichida UZMOBILE mobil aloqa operatori eng yaxshi natijalarni qayd etdi:

Ovoz xizmatlari sifati ko‘rsatgichlari:
• Ovoz xizmatining ulanishi;
• Ovozli aloqa o‘rnatish vaqti; 
• Ovoz xizmatida nutqning uzatish sifati. 

Ma'lumot uzatish sifati ko‘rsatgichlari(2G / 3G/ 4G LTE):
• Ma'lumot yuklash sessiyalarining muvafaqqiyatliligi;
• Ma'lumotlarni yuklash o‘rtacha ko‘rsatgichi; 
• WEB-sahifalarni yuklash sessiyalarining muvafaqqiyatliligi va ularni yuklash vaqti; 

Shunday qilib, 4 ta mobil aloqa opertorlari orasida o‘tkazilgan mustaqil o‘lchov va testlar natijasiga binoan Mobil aloqa milliy operatori  UZMOBILE Toshkent shahrida o‘z abonentlariga ovoz xizmatlari va ma'lumot uzatish xizmatlarini taqdim etuvchi eng yaxshi operator unvoniga sazovor bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz,  UZMOBILE GSM tarmog‘i tijoratli ishga tushirilishi 2015 yilning aprel oyida HUAWEI texnik hamkori yordamida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab mobil aloqa milliy operatori UZMOBILE GSM tarmog‘ini jahon ishlab chiqaruvchilarning eng yangi uskunalarini o‘rnatish orqali jadal rivojlantirish nazarda tutilgan.

UZMOBILE – ishonchli aloqa mobil operatori! 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top