Sport | 23:36 / 27.11.2016
4751
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» o‘z maydonida «Vest Hem»ni yenga olmadi

«Manchester Yunayted» APLning 13-turi doirasida «Vest Hem Yunayted»ni qabul qildi. «Old Trafford»da kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yinning 2-daqiqasidayoq Diafra Saxoning goli evaziga mehmonlar oldinga chiqishdi.

21-daqiqada «MYu» Zlatan Ibrahimovichning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim davomida mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourino agressiv harakatlari tufayli o‘yin arbitri Jonatan Moss tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib, tribunaga haydaldi.

O‘yinda hisob o‘zgarmadi va Mourino jamoasi qatorasiga to‘rtinchi durangni qayd etdi.

Parallel ravishda kechgan o‘yinda«Sauthempton» «Everton» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Manchester Yunayted – Vest Hem 1:1
Gollar: 0:1 – 2 Sako, 1:1 – 21 Ibrahimovich.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Djons, Darmian, Valensiya, Lingard (Fellayni, 85), Pogba, Errera, Mata (Mxitaryan, 65), Reshford (Runi, 65), Ibragimovich.
Vest Hem – Rendolf, Kollinz, Ogbonna, Kressuell, Antonio, Nobl, Kuyate, Lansini (Ayyu, 74), Obiang, Payyet (Feguli, 90), Sako (Fletcher, 66).
Ogohlantirishlar: Pogba (27), Fellayni (88), Kressuell (90), Valensiya (90).

Mavzuga oid