10:06 / 27.11.2016
12875

Sher va uch yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga og‘ir jarohat yetkazdi

Foto: Globallookpress

Misrda sirk tomoshasi vaqtida sher va uch yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qilib qoldi. Bu haqda "Al-Axram" nashriga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Voqea Iskandariya shahri yaqinida yuz bergan. Tomosha vaqtida sher hayvon o‘rgatuvchiga hamla qilib, uning bo‘yniga xippa yopishib olgan. Bu yetmagandek, tomoshada ishtirok etayotgan yana uch yo‘lbars ham sher o‘rgatuvchiga tashlangan.

Sher o‘rgatuvchi og‘ir jarohatlar bilan Iskandariyadagi shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda u og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida qolayotgani ta'kidlanmoqda. 

Yirtqichlarning bunday tajovuzkorona harakatiga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.

Mavzuga oid
Top