Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosining yangi 8ta bekati 2020 yilda ishga tushiriladi

Toshkent metrosi qurilishini davom ettirish yuzasidan 2017-2020 yillarda umumiy qiymati 295 million dollar davlat byudjyeti, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan uzunligi 10 kilometrdan iborat 8ta stansiyani o‘z ichiga olgan 2ta loyihani ishlab chiqish ta'minlanadi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qilgan. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to‘liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan.
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida 2ta, Sergeli yo‘nalishida 6ta bekat qurish rejalashtirilgan.
Mirziyoyev shaharning halqa yo‘li bo‘ylab uzunligi 66,3 kilometr bo‘lgan temir yo‘l transport vositasini – ya'ni, elektrichkani yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq loyiha amalga oshirilishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
«Bu loyihani 2017-2030 yillarda amalga oshirish uchun davlat byudjyeti va mahalliy byudjyetlar hisobidan 189 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi», – degan nomzod.
Mirziyoyevning bildirishicha, Toshkent shahri aeroportida 2019-2020 yillarda yangi xalqaro terminal qurilishi amalga oshiriladi. Buning uchun davlat byudjyeti, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 336 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada o‘qituvchilarga migrant bolalarning «jinoyatlarga moyilligini» aniqlash uchun ularni kuzatish tavsiya etildi
Jahon | 14:21
-
Turkiyadagi mehmonxonalarda «barchasi kiritilgan» tizimini bekor qilish taklif etildi
Jahon | 14:03
-
Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 13:59
-
Ayrim “uddaburonlar” davlatning arzon resursi hisobiga paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotgani tanqid qilindi
O‘zbekiston | 13:49
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024