Jahon | 00:17 / 27.11.2016
6680
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvayda Fidel Kastro vafoti munosabati bilan motam e'lon qilindi

Urugvay hukumati Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro vafoti munosabati bilan mamlakatda bir kunlik motam e'lon qildi.   

Argentinaning La Voz portali xabar qilishicha, 27 noyabrda butun Urugvay bo‘ylab milliy bayroqlar tushirib qo‘yiladi. 

Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Urugvay prezidenti Tabare Vaskes Kastro vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va Kuba xalqiga hamdardlik bildirdi.

Kastro 25 noyabrda 90 yoshida vafot etdi. Komandantening dafn marosimi Santyago-de-Kuba shahrida 4 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid