21:29 / 28.11.2016
3752

Lufthansa ish tashlashlar tufayli 1700 ga yaqin reysni bekor qildi

Foto: Getty Images

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilarning ish tashlashlari sababli 29 va 30 noyabrga belgilangan 1700 reysini bekor qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Avvalroq kompaniya shu sababli 24 noyabrga belgilangan 912 ta reysini bekor qilgandi.

Keyinroq aviakompaniya rahbariyati uchuvchilar kasaba uyushmasini ish tashlash o‘tkazish o‘rniga maoshlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga qaytishga chaqirgandi.

 

Top