15:53 / 28.11.2016
3975

Prezidentlik sayloviga qatnashadigan imkoniyati cheklangan saylovchilarga maxsus sharoitlar hozirlandi

O‘zbekistonda 4 dekabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur jarayonga imkoniyati cheklangan fuqarolar - ko‘zi ojiz, nogiron va keksalar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Jumladan, ko‘zi ojiz saylovchilar Brayan alifbosi yordamida o‘z nomzodlariga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, nogironlar uchun  99 foiz saylov uchastkasida panduslar tayyorlandi. Ularga mo‘ljallangan maxsus qutilar taqdim etildi. Bu haqda Ishchi majlisi xabar bermoqda.

Mavzuga oid
Top