KXDRda Fidel Kastroning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e'lon qilindi, deb yozadi Shimoliy Koreyaning "Nodon sinmun" markaziy gazetasi.
Koreya Mehnat partiyasi MK, Yuqori xalq majlisi doimiy kengashi va KXDR vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, 28-30 noyabr kunlari mamlakatning markaziy tashkilotlari va joylarda motam bayroqlari ko‘tariladi.
Davlat rahbari Kim Chen In esa yakshanba kuni Kubaga hamdardlik so‘zlari bitilgan telegrammani jo‘natgan.









