16:52 / 28.11.2016
3828

Sudanda BMTning uch xodimi o‘g‘irlab ketildi

Sudanda bir guruh qurollangan shaxslar BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining uch xizmatchisini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Frans Press xabar bergan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Nepalning ikki nafar fuqarosi va bir sudanlik yakshanba kuni G‘arbiy Darfur poytaxti Al-Heneyna shahrida o‘g‘irlangan.

Ayni damda voqeaning barcha sabablarini jiddiy o‘rganish va jinoyatchilarni qidirib topish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, Sudan g‘arbidagi Darfur hududida 2003 yildan beri vaqti-vaqti bilan Sudan hukumati va isyonchi guruhlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar kuzatiladi. 

Top