17:50 / 28.11.2016
7377

Ukraina sobiq prezidenti davlatga xiyonatda gumon qilinmoqda

Foto: © RIA Novosti

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko sobiq prezident Viktor Yanukovichni davlatga qarshi xiyonatda gumon qildi, deb xabar qiladi «112 Ukraina».

Lutsenkoning ma'lum qilishicha, Rossiyaga tegishli bildirishnoma ham yuborilgan.

“Yanukovich Ukrainadan tashqarida bo‘lgani va davlat huquq-tartibot idoralaridan berkinib yurganini hisobga olib, gumon og‘zaki ravishda e'lon qilindi. Bu haqdagi xabar esa Yanukovichning barcha ma'lum manzillariga yuborildi”, - dedi u.

Shuningdek, Yanukovich va Ukraina IIV ichki qo‘shinlar sobiq qo‘mondoni Stanislav Shulyakning “sobiq berkutliklar” bo‘yicha so‘rog‘i uch soatdan ortiq davom etishi ma'lum bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Yanukovichning videoso‘rog‘i bugun ikki marotaba amalga oshirib ko‘riladi. 

Top