22:40 / 28.11.2016
7003

Video: Ikki yashar xitoylik qizcha kir yuvish mashinasiga tiqilib qoldi

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida ikki yashar qizcha uydagi kir yuvish mashinasida o‘ynashni lozim topdi va oqibatda unga tiqilib qoldi. Bu haqda CCTV telekanali xabar bermoqda.
 
Uning ota-onasi zudlik bilan qutqaruvchilarga murojaat etish niyatida o‘t o‘chiruvchilarni yordamga chaqirdi. Ular qizchani kir yuvish mashinasi “changali”dan ozod qilgunlaricha, 20 daqiqa o‘tdi.
 
Qizcha jarohat olmadi.


Top