O‘zbekiston | 16:35 / 28.11.2016
21622
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi

Foto: Sputnik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF hukumatining Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi kelishuvini ma'qulladi. Bu haqda Rossiya qonunchilik hujjatlari saytida e'lon qilingan

"RF hukumatining Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnomani imzolash bo‘yicha taklifi qabul qilinsin", —deyiladi hujjatda. 

Tomonlar shartnoma doirasida harbiy maqsadlarga xizmat qiluvchi mahsulotlar, jumladan harbiy texnika, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalarini (xususan, intellektual mulk huquqini taqdim etish) yetkazib berishi mumkin. 

Foto: publication.pravo.gov.ru

Mavzuga oid