18:01 / 28.11.2016
4807

JARda prezident iste'fosini talab qilishmoqda

Foto: © RIA Novosti

JAR prezidenti Jyeykob Zumaning vazirlar mahkamasi uch a'zosi uni lavozimini tark etishga chaqirishdi, deb xabar qiladi News24 mahalliy yangiliklar portali.

Uning ta'kidlashicha, turizm, sog‘liqni saqlash va jamoat ishlari vazirlari bunday chaqiruv bilan Afrika milliy kongressi ijroiya qo‘mitasi uchrashuvida chiqishgan. Ular prezident iste'fosi bo‘yicha partiyada ovoz berish jarayonini o‘tkazishni taklif qilishdi. Bunday tashabbusni yana bir qator vazirlar qo‘llab-quvvatlagan.

Davlat rahbarining ehtimoliy iste'fosiga prezident uchun kerak bo‘lmagan aloqalar (jumladan – Gupta biznesmenlar oilasi bilan), hukmron partiyani qo‘llab-quvvatlamayotgani va Zuma mol-mulki bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda hukmron partiya muxolifat tomonidan davlat mulkini sarflash borasidagi janjallar sabab bosim ostida ushlab turilibdi. 

Zumaning prezidentlik muddati esa 2019 yili o‘z yakuniga yetadi.

Mavzuga oid
Top