10:37 / 29.11.2016
5295

AQShda dunyodagi eng barqaror atom soati ishlab chiqildi

Foto: N. Phillips / NIST

AQSh Standartlar va texnologiyalar milliy instituti fiziklari atom soatlari ishlashining barqarorligiga oid rekordni yangilashdi. Bu haqda tadqiqot natijalarini chop etgan Nature Photonics jurnaliga asoslangan holda EurekAlert! nashri xabar qilmoqda.

«Biz soatlar ishlash jarayonidagi chiqadigan shovqinni taktli signalni yanada kuchliroq qilish bilan bartaraf etdik», — degan tadqiqot hammuallifi Endryu Ladlou. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi soatlarda bir necha ming soniyada bir kvintillion (milliardning kvadrati)ning 1,5 hissasi barobariga teng beqarorlik kuzatiladi

Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan qurilmaga optik tutqichda yig‘ilgan itterbiyning 5 va 10 ming atomi asos bo‘lgan. Vaqtni o‘lchash lazer yordamida amalga oshiriladi. U kvant tizimidagi turli energetik holatlarning o‘tishini o‘lchaydi. 

Top