Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda talaba 9 kishiga pichoq bilan jarohat yetkazdi
Foto: Youngbenwest / Instagram
AQShning Ogayo universitetida tahsil oluvchi talaba 28 noyabrda ta'lim muassasasi hududida odamlarga pichoq bilan hamla qildi. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, talaba dastlab avtomobilini piyodalarga qarata haydagan, so‘ngra mashinadan chiqib ularga pichoq bilan zarba bera boshlagan.
Voqea oqibatida 9 kishi jarohat olgan, ulardan birining ahvoli og‘ir. Jinoyatchining o‘zi politsiya tomonidan otib tashlangan. Aniqlanishicha, u kelib chiqishi somalilik talaba bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 20 yosh atrofida, ismi Abdul Razzoq Ali Artan bo‘lgan.
Politsiya hujum terakt bo‘lishi mumkinligini istesno qilmayapti, chunki guvohlarning aytishicha, bosqinchi hech narsa aytmay, jimgina harakat qilgan. Voqeani tergov qilishga FQB kirishgan.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026