Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahridagi xususiy maktablardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, 29 noyabr ertalabki 8:40da «101» raqamiga Tokombayev ko‘chasi, 46 manzili bo‘yicha yong‘in yuz berayotgani haqidagi xabar kelib tushgan.
Alangani o‘chirish uchun 3ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilgan. So‘nggi tafsilotlar aniqlanmoqda.