18:13 / 29.11.2016
3616

Norvegiyalik mashhur sportchi 14 oyga musobaqalardan chetlatilishi mumkin

Foto: Reuters

Norvegiya antidoping agentligi tog‘ chang‘isi bo‘yicha yetti karra jahon chempioni Tereza Yoxaugni 14 oyga musobaqalardan chetlatishni tavsiya qildi, deyiladi tashkilot matbuot xizmati xabarida.

Norvegiya Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan bunday qaror qabul qilinsa, chetlatish muddati 2016 yilning 18 oktabridan hisoblanadi.

Xabar berilishicha, Yoxaug 16 sentabr kuni Osloda musobaqadan tashqari davrda topshirgan doping testda ijobiy natija topilgan. Tahlil sportchi organizmida taqiqlangan klostebol preparati borligini ko‘rsatgan. B doping-namunasi ham modda borligini tasdiqladi. Ish Norvegiya Antidoping agentligining mustaqil komissiyasiga berildi. U Yoxaugni surishtiruv vaqtida chetlatish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, sportchining hatto mashg‘ulotlarda ishtirok etishi ham man etildi.

Bundan tashqari, Norvegiya antidoping xizmati tog‘ chang‘ichisining davolovchi shifokori Fredrik Bendiksenga nisbatan ham surishtiruv ishlarini boshlagan. U taqiqlangan modda qanday qilib olimpiya chempioni organizmiga tushganini tushuntirib berishi lozim bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Yoxaug – Vankuverdagi Olimpiada-2010 g‘olibasi, 2014 yilgi Sochidagi o‘yinlarda kumush va bronza medallari sohibasi sanaladi. 
 

Mavzuga oid
Top