10:46 / 29.11.2016
5523

OAV: Messining otasi «PSJ» vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi

«PSJ» «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini xarid qilishga jiddiy kirishgan.

RTL telekanali xabariga ko‘ra, Parij klubi tomonidan bu boradagi muzokaralarni sport direktori, ko‘k-anorranglilarning sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvert olib bormoqda. 

Niderlandiyalik mutaxassis 29 yoshli hujumchining atrofidagilar bilan olib borilayotgan muzokaralarda vositachi rolini bajarmoqda. Xususan, Klyuyvert Lionelning otasi  Xorxe Messi bilan o‘yinchining kelasi yil yozidagi transferi ehtimoli yuzasidan suhbatlashgan. 

Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ning Messi bilan shartnomasi 2018 yil yoziga qadar imzolangan. 

Lionel Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 10 o‘yinda maydonga tushgan, 9ta gol urib, 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Top