14:37 / 29.11.2016
7288

Pak Kin Xening bayonoti Janubiy Koreya fond bozorlariga ijobiy ta'sir qildi

Janubiy Koreya fond bozori prezident Pak Kin Xening o‘z lavozimidan ketishga tayyorligi xususida bergan bayonotidan so‘ng birmuncha o‘sishga erishgan. Xususan, birja ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning asosiy ko‘rsatkichi KOSPI indeksi 0,2 foizga ko‘tarilib, 1982,08 punktni tashkil etgan. 

Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe siyosiy mojaro tufayli 29 noyabrda xalqiga qilgan murojaatida mamlakat parlamentidan uning kelajagi borasida qaror qabul qilishni, xususan, uning prezidentlik vakolatlarini cheklash borasida o‘z xulosasini e'lon qilishga chaqirgan. 

Janubiy Koreya prezidenti atrofidagi siyosiy mojaroga mamlakat OAVlarida prezidentlik hokimiyati amalda, Pak Kin Xening qohin dugonasi Tsoy Sun Silga tegishli ekani to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘lganidan keyin boshlandi. Unga ko‘ra, go‘yoki Pak Kin Xe muhim masalalar bo‘yicha u bilan maslahatlashgan. 

Mavzuga oid
Top